Xabaringiz
bor, 28-Iyun tunda "Bojalar" guruhi avtohalokatga uchrab, guruh vakili
Mo'min voqea joyida olamdan o'tdi. Ushbu mudhish voqeadan so'ng,
odamlar orasida guruhning salisti Jahongir Poziljonov olamdan
o'tganligi haqida har-hil mish-mishlar paydo bo'lgan edi. So'ng, bu
mish-mishlarga oydinlik kiritish uchun Kasalhonada bo'lgan Jahongirni
bir yaqin Do'stiga bog'landik va...
..."Bojalar" Guruhining salisti Jahongir Poziljonov
haqiqatdan ham bundan bir nech soatlar oldin og'ir holatda olamdan
o'tganligi haqida xabar oldik!
Habarlarga qaraganda, Jahongir koma holatidan chiqib biroz o'ziga kelgan ammo hech qandey so'zni talaffuz qila olmagan...
Hozircha bu haqda ma'lumotlar shundan iborat (UzNews)
Jahongir Poziljonov haqidagi so'ngi Ma'lumotlar
Mish-mishlarga
chek qo'yish maqsadida biz kerakli joylar bilan bog'landik va ba'zi
ma'lumotlarga ega bo'ldik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 11:00da
Jahongir Poziljonov yotgan shifoxonada konsilium
(shifokor-mutaxassislar maslahati) bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilish
asosida Jahongirni jarrohlik yo'li orqali jarohatlaridan forig' etish
ishlari boshlangan.
Guruh ma'muri Javlon Shodmonov esa kecha
jarrohlik jarayonidan so'ng o'zini yaxshi his etayotganligi haqida
xabar bor. Avtomobilda ular bilan birga bo'lgan guruh shogirdi Shahzod
ham o'zini yaxshi his qilmoqda.
Toshkentdan
yo'l olgan shifokor-mutaxassislar hamda viloyatning yetakchi
shifokorlari jarohatlangan guruh a'zolarini doimiy ravishda kuzatib
bormoqdalar. Umid qilamiz, Jahongirning jarohlik jarayoni ham
muvaffaqiyatli yakunlanib, tez orada Toshkentga qaytadi.